galereyasi

translyatsiyasi yozuvi

Pandemiya davrida sog’liqni saqlash: Covid-19 ga qarshi kurashda tajriba va yutuqlar

«Pandemiya davrida sog’liqni saqlash: tajriba va Covid-19 ga qarshi kurashda tajriba va yutuqlar» xalqaro ilmiy onlayn kongressi koronavirus pandemiyasi oqibatlari bo’yicha tadqiqotlar sohasida tajriba, zamonaviy bilim va yutuqlar almashish uchun noyob imkoniyat yaratadi. Kongressda dunyoning turli mamlakatlaridan taniqli olimlar ishtirok etishadi. Kongress asosiy ma’ruzalari va etakchi jahon ekspertlarining munozaralari yuqori sifatli va professional foydali ma’lumotlar almashinuvi uchun yuksak darajadagi ilmiy munozaralarni davom ettirishga qaratilgan. Kongress ishtirokchilari COVID-19 ga qarshi kurashda yangi texnologiyalar va erishilgan yutuqlar bilan tanishishlari va o’zlari uchun muhim istiqbolli maqsadlarni belgilab olishlari mumkin.

Kongressning ilmiy dasturi epidemiologiya, emlash profilaktikasi, laboratoriya diagnostikasi,vizual diagnostikasi, dori terapiyasi, intensiv terapiya, koronavirusdan keyingi reabilitatsiya, ovqatlanish terapiyasi va psixologik holatning eng dolzarb masalalariga bag’ishlangan. Kongressda nafaqat olimlarga, balki amaliyotchi shifokorlar uchun ham qiziqarli bo’lgan mavzular muhokama qilinadi. Pandemiya davrida boshqa kasalliklarning oldini olish, diagnostika va davolashning murakkab va hal qilinmagan masalalari to’g’risida ma’lumotlar beriladi. Yurak-qon tomirlari kasalliklari va COVID-19 bilan birgalikda tromboz va boshqa kasalliklar asoratlarga alohida e’tibor beriladi.

Kongress dasturi yalpi majlislar, simpoziumlar, ma’ruzalar, prezentatsiyalar, dori-darmon vositalari, tibbiy asbob-uskunalar va sarflanadigan materiallari ishlab chiqaruvchilarning on-layn ko’rgazma sessiyasini o’z ichiga oladi. Yetakchi mutaxassislar tomonidan muhokama qilinadigan muhim mavzular: nafas olish yo’llari kasalliklari epidemiologiyasi, COVID-19 bilan kasallangan bemorlarga tibbiy yordam ko’rsatish tartibi va standartlari, COVID-19 diagnostikasi, davolash va oldini olish bo’yicha yangiliklar, interventsion pulmonologiya – bronxoskopiya, torakoskopiya, nafas olish organlari yuqumli kasalliklari va COVID-19 immunologik jihatlari, vrach-virusologning klinik tavsiyalari, O’zbekiston fuqarolarida nafas olish yo’llari salomatligi va reabilitatsiyasi masalalarida sog’lom turmush tarzini shakllantirish.

Mazkur kongress yangi g’oyalar, bilimlar va izlanishlar almashish uchun ajoyib maydon bo’ladi. U butun dunyo bo’ylab keng miqyosli mutaxassislarni: yuqumli kasalliklar bo’yicha mutaxassislar, virusologlar, mikrobiologlar, epidemiologlar, gigienistlar, pulmonologlar, anesteziologlar-reanimatologlar, sog’liqni saqlash tashkilotchilari, terapevtlar va umumiy amaliyot shifokorlari, nevropatologlar, psixiatrlar, reabilitologlar, nutritsiologlar,vizual diagnostika bo’yicha mutaxassislar, immunologlar hamda akademik-ilmiy doiralar va tegishli ishlab chiqarish sohalarini birlashtiradi. Dunyo bo’ylab ma’ruzachilar o’zlarining tezislarini, maqolalarini va taqdimotlarini taqdim etishlari mumkin.

Vakillar: shifokorlar, tadqiqotchilar va talabalar ro’yxatdan o’tish sahifasida keltirilgan tegishli usullarni tanlash orqali kongressda ishtirok etishlari mumkin.

Ish yuritiladigan til – rus, ingliz va o’zbek tillari.

O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi va «Progressiv medical service» MChJ Kongress tashkilotchilari hisoblanadi.

SANA

1-4 iyun, 2021

(Seshanba-Juma)

O'tkazish joyi

Onlayn

So'nggi yangiliklar

TASHKILOTCHILARDAN SALOM

Aziz hamkasblar!

2021 yil 1-4 iyun kunlari Toshkent shahrida “Pandemiya davrida sog’liqni saqlash: COVID-19 ga qarshi kurashish bo’yicha tajriba va yutuqlar”ga bag’ishlangan Xalqaro ilmiy anjuman bo’lib o’tadi, uning kun tartibida dunyo bo’yicha sog’liqni saqlash sohasidagi dolzarb masalalar muhokama qilinadi. COVID-19 yangi bilimlar, to’plangan tajribalar bilan o’rtoqlashish, eng dolzarb muammolarni muhokama qilish, diagnostika, davolash, reabilitatsiya sohasidagi hamda o’limni kamaytirish bo’yicha umumiy yondashuvlarni izlash – bu bizning oldimizga qo’yilgan asosiy vazifalarimizdir. Biz yuqoridagi masalalar va ularni hal qilish yo’llarini muhokama qilishni jiddiy maqsad qilganmiz, chunki anjuman ishi kelajakka yo’naltirilgan.

Ilmiy anjuman dasturida infektsiya, immunologiya, virusologiya sohasidagi yetakchi o’zbek va xorijiy mutaxassislarning tadqiqotlari va amaliy ishlarini aks ettirish, shuningtek turdosh tarmoqlarda innovatsion texnologiyalarni joriy etish sayyoramiz aholisi salomatligini pandemiya holatida mustahkamlashdek – eng muhim vazifalarni hal qilishga yordam beradi. Anjuman ishi, shuningdek, ilmiy, tibbiy va farmatsevtika sohalaridagi tashkilotlar o’rtasidagi o’zaro aloqani bog’laydi.

Shunday qilib, bizda muhokama qiladigan umumiy yechimlarini topish uchun masalalarimiz bor.

Ishonch bilan aytish mumkinki, oldimizda turgan anjuman bizning o’zaro aloqalarimizni mustahkamlaydigan va COVID-19 ga qarshi kurashda hamkorlik qilish yo’llarini belgilaydigan, kuchlarimizni birlashtiruvchi ilmiy platformaga aylanadi.

Sizlarga Xalqaro Ilmiy Anjumanda muvaffaqiyatli va samarali ish tilayman!

O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vaziri
Ilmiy anjuman raisi
t.f.d., professor Xadjibayev A.M.

Hurmatli Xalqaro kongress ishtirokchilari!

Sizga ushbu ajoyib tadbir tashkilotchilari va asoschilari nomidan salom berishga ijozat bergaysiz!

Barchangiz bilan quyoshli O’zbekistonning mehmondo’st zaminida shaxsan uchrasha olmaganimizdan chin dildan afsusdamiz, lekin biz Siz bilan onlayn platformada muloqot qilishdan hamda barchamiz uchun juda dolzarb va muhim bo’lgan Covid-19 asoratlariga qarshi kurashish va ularni bartaraf etishga qaratilgan Xalqaro Kongressni o’tkazishdan xursandmiz!

Kongress asosiy ma’ruzalari, munozaralari va afisha taqdimotlari yuqori sifatli professional ma’lumot almashish uchun yuksak ilmiy munozarani davom ettirishga qaratilgan.

Yetakchi mutaxassislarning ma’ruzalari sog’liqni saqlashning barcha sohalarida, jumladan epidimiologiya, vaktsina profilaktikasi, koronavirusdan keyingi reabilitatsiya va boshqa ko’plab sohalarda namoyish etiladi. Pandemiya sharoitida boshqa kasalliklarga tashxis qo’yish va davolashning murakkab masalalari muhokama qilinadi.

Biz Covid-19 ni davolash va uning oqibatlarini bartaraf etish bo’yicha to’plangan tajriba va yutuqlar, shu jumladan tarqatish markazlari va pandemiyaga qarshi kurashish uchun ixtisoslashtirilgan markazlarning tezkor joylashuvi bilan bog’liq bo’lgan bunday muhim kongress O’zbekistonda o’tkazilayotganidan g’ururlanamiz.

Kongress dasturidan yalpi majlislar, simpoziumlar, ma’ruzalar, taqdimotlar va onlayn plakat sessiyalari o’rin olgan.

Inson salomatligi uchun eng yuqori insonparvarlik qadriyatlari nomidan o’tkazilayotgan Xalqaro Kongressga xush kelibsiz!

“PROGRESSIVE MEDICAL SERVICE” MCHJ
Bosh direktor
Artyom Pokachalov

Tashkiliy qo’mita

Bahodir Yusupaliyev

O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash vazirining o'rinbosari
Davlat Bosh sanitariya shifokori

Xabibullo Akilov

Shifokorlarning kasbiy malakasini oshirish Markazi direktori

Djahongir Sabirov

Bosh direktorning fan va innovatsiyalar bo'yicha o'rinbosari
Progressive Medical Service

Erkin Musabayev

Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori

Botir Tadjiyev

Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori

Botirjon Qurbonov

Sanitariya-epidemiologiya xizmati boshlig'ining o'rinbosari
Sanitariya-epidemiologik farovonlik va aholi salomatligi xizmati

Muboraxon Axmedova

Bolalar yuqumli kasalliklari kafedrasi professori
Toshkent tibbiyot akademiyasi

Anvar Xusanov

t.f.n.
Direktor
Respublika 1-ixtisoslashtirilgan Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi

Nargiza Mirraximova

Ilmiy kotibi
Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

Latofat Anvarova

Fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig'i
Sanitariya-epidemiologik farovonlik va aholi salomatligi xizmati

Feruza Azizova

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor
Toshkent tibbiyot akademiyasi

Tatyana Romanovskaya

Bosh direktori o'rinbosari
Progressive Medical Service

Aziza Xikmatullayeva

Ilmiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari
Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti

Artyom Pokachalov

Bosh direktor
“PROGRESSIVE MEDICAL SERVICE” MCHJ

Dilorom Ahmedova

t.f.d., professor
Direktor
Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

Xikmat Anvarov

Ilmiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari
Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi

TASHKILOTCHILAR

logo_abimSanitariya-epidemiologik farovonlik va sog'liqni saqlash xizmatilogo_aap

HAMKORLAR

Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti  Toshkent tibbiyot akademiyasi  Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti  Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti

O'zbekiston Respublikasi Innovatsion sog'liqni saqlash milliy palatasi    Hilton Tashkent City

СПОНСОРЫ

Vogt Medical    ROESYS – MedTec GmbH    Dr. Sennewald Medizintechnik GmbH

Tog'li kurort majmuasi